Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida jigar va buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi amalga oshiriladi
28.12.2021 16:04,  
79

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yangi jarrohlik bo‘limi ishga tushirilmoqda. 2019 yilda qurilishi boshlangan yangi bino 2022 yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi.

Ushbu bo‘limdagi operatsion bloklar ikki xonadan iborat bo‘lib, ularning birida donordan a’zo olinadi va zudlik bilan yonma-yon joylashgan ikkinchi xonadagi bemorga ko‘chirib o‘tkaziladi.

Ayni damda mazkur muassasada mutaxassislar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Kuni kecha Turkiyadan 4 nafar mutaxassis jigar transplantatsiyasini ko‘chirib o‘tkazishni o‘rganib qaytishgan bo‘lsa, haftasiga kamida 2 marta buyrak transplantatsiya operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Bu jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur bino to‘liq ishga tushirilsa, yiliga ikki mingga yaqin noyob jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан