Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Respublikachilar rasman prezidentlikka nomzodlarini taqdim etdi
25.08.2020 09:13,  
185

AQShda respublikachilar partiyasi yig‘ilishida delegatlar Donald Trampning 2020 yil noyabrdagi saylovlarda AQSh prezidentligiga nomzodligini tasdiqladilar. Shimoliy Karolinaning Sharlotta shahrida bo‘lgan sezdda janob Trampning nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Kongressning barcha 2550 vakili uni yoqlab ovoz berdi, dedi Respublika milliy qo‘mitasi rahbari Ronna Makdeniyel.

Delegatlar, shuningdek, Donald Tramp saylovlarda g‘olib chiqqan taqdirda Mayk Pensni AQSh vitse-prezidenti lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdilar.

"Men rasmiy ravishda Donald Trmp va Maykl Pensni AQShning prezidentligiga va vitse-prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqdaman", dedi Makdeniyel xonim.

Avvalroq AQSh Demokratik partiyasi bo‘lajak saylovlarda Jo Baydenni prezidentlikka nomzod sifatida, kaliforniyalik senator Kamala Xarris esa vitse-prezidenti sifatida tasdiqlagan edi.

AQShda prezidentlik saylovlari 3 noyabrga belgilangan. Turli xil norasmiy so‘rovnomalarda amaldagi prezident Donald Tramp janob Baydenga qaraganda ozroq qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан