Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Restoran, kafe, umumiy ovqatlanish shoxobchalari ishlashiga ruxsat berildimi?
11.06.2020 21:16,  
1901

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga muvofiq 2020 yilning 5 iyunidan boshlab “sariq” hududlardagi mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga ruxsat berildi.

2020 yil 15 iyunidan boshlab esa “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  • banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;
  • stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
  • bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalanishi zarur.

    Undan tashqari, karantin sharoitida umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан