Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Reuters: «Bizni o‘ldirishadi» – O‘zbekiston lageridagi afg‘on uchuvchilari vataniga qaytishga qo‘rqmoqda
5.09.2021 16:48,  
304

AQShda o‘qib kelgan afg‘on uchuvchilari va O‘zbekistondagi lagerda yashayogan boshqa shaxslar Afg‘onistonga qaytarib yuborishlaridan xavfsirashmoqda. Bu haqda Reuters xabar beradi.

Mazkur nashr reportajida aytilishicha, yaqinda qo‘riqchilardan biri “Bu yerda adabiy qololmaysizlar”, deb hazillashgan.

«Ushbu kutilmagan ogohlantirish lagerdagi shundoq ham azobli xavotir hissini kuchaytirdi», – deydi afg‘on uchuvchilaridan biri.   «Agar bizni ortga qaytarib yuborishsa, bizni o‘ldirishlariga 100 foiz ishonchim komil».

Reuters bilan suhbatda uchuvchi o‘zini harakatlari cheklangan, quyosh ostida qolib ketgan, ovqat va dori-darmonlar yetarli bo‘lmagan maxbus sifatida his qilayotganini aytgan. U yerdagi ayrim qochoqlar esa ozib ketgan.

Ibtido

Toliblarga urushni yutqazishdan oldin oxirgi kunlar va soatlarda ayrim afg‘on uchuvchilari mamlakatdan 46 ta samolyotda qochishgan – bu mavjud 160 ta samolyotdan iborat parkning chorak qismidan ko‘pini tashkil qiladi.

Ko‘pchilik Qobuldan uchgan, ammo ayrimlari Mozori Sharifdani bazadan qochgan. Eslatib o‘tamiz, afg‘on samolyotlaridan biri O‘zbekiston samolyoti bilan to‘qnashishi natijasida uchuvchilar katapulta qilishga majbur bo‘lgan.

Reuters muxbiri bilan suhbatlashgan afg‘on uchuvchisining so‘zlariga ko‘ra, A-29, Super Tucano yengil qiruvchilarini boshqargan 15 ga yaqin uchuvchi, UH-60 Black Hawk vertolyotlarini boshqargan 11 ta uchuvchi, MD-530 vertolyotlarini boshqargan 12 ta uchuvchi hamda Mi-17 vertolyotlarining uchuvchilari bo‘lgan.

Lager

Reuters nashriga taqdim etilgan yo‘ldosh orqali olingan suratlarda lagerni o‘rab turgan baland devorlarni ko‘rish mumkin, u yerdagi turarjoy bloklari oldin COVID-19 ga chalingan bemorlarni davolash uchun foydalanilgan. Lager Termiz yaqinida joylashgan.

Uchuvchining qayd etishicha, o‘zbekistonlik qo‘riqchilarning ayrimlari pistoletlar bilan, boshqalari esa yarim avtomat qurol bilan qurollangan.

AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jon Xyorbstning fikricha, O‘zbekiston afg‘on uchuvchilarini berish borasida toliblar tomonidan real va jiddiy bosimga duch kelgan. Sobiq elchining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati na AQShni, na “Tolibon”ni provokatsiya qilmoqchi emas.

Qayd etib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati Reuters agentligining ko‘p sonli murojaatlariga javob bermagan.

Qo‘rquv

Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni lagerga afg‘on xodimlarining biomatrik ma’lumotlarini olish uchun AQSh vakolatxonasining rasmiy shaxslari tashrif buyurgan.

«Barmoq izlari hamda hujjatlarni tekshirishdi», – deydi u.

Davlat departamenti Reuters agentligining tashrif haqidagi savoliga javob bermagan.

Sobiq AQSh elchisi Xyorbst kabi mintaqa bo‘yicha ekspertlar O‘zbekistonda toliblar bilan ishchi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun barcha asoslar bor. Lagerdagi afg‘onlar shundan xavfsiramoqda.

«Harbiy havo kuchlarining katta qismi, ayniqsa uchuvchilar AQShda ta’lim olgan», – deydi uchuvchi. «Ular Afg‘onistonga hamda… kelgusida ehtimol toliblar bilan yaxshi munosabatlarga ega bo‘ladigan mamlakatlarga ketolmaydi», – deya xulosa qiladi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан