Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Reyter: O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlamoqda
3.12.2019 19:09,  
80

O‘zbekiston mahalliy kompaniyalarning xalqaro obligatsiyalar (Eurobond) chiqarishini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga tayanib, Reyter nashri xabar bermoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, hukumat mahalliy kompaniyalarning xalqaro obligatsiyalarini joylashtirish uchun xorijiy brokerlar (vositachi)dan yoki mahalliy ishtirokni yoki hamkorlik majburiyatini topshirishni rejalashtirmoqda.

Xabarda aytilishicha, qonun shu oydan boshlab kuchga kirishi mumkin.

Bozorda o‘z o‘rnini topish istagidagi xorijiy investitsiya banklari O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochishi yoki qonuniy ruxsatnomaga ega mahalliy hamkor bilan sheriklikda konsorsium tuzishi kerak”, - deydi agentlik vakili Bahodir Abibullayev.

Rasmiy Toshkent kelgusi yilda kamida $500 millionlik Eurobond chiqarishni rejalashtirmoqda. Davlat egalik qiladigan kompaniyalar esa undan ham ko‘proq sarmoyalarni jalb qilishi mumkin va umumiy chiqarilgan Eurobond'lar narxi yiliga $ 4 mlrd. bo‘ladi.

Shuningdek, Reyter Mirziyoyev boshqaruvi davrida O‘zbekiston tabiiy gaz, paxta va oltin eksport qiluvchi davlatdan savdo va investitsiya oqimini ko‘paytirish uchun o‘z iqtisodiyotini chet yelliklarga ocha boshlagan davlatga aylanayotganini ta’kidlab o‘tgan.


Oxirgi paytlarda O‘zbekiston hukumati yoki kompaniyalarining ko‘plab miqdordagi Eurobond'lar chiqarishni rejalashtirmoqda. Jumladan, kuni kecha kapitalida davlat ulushi bo‘lgan “O‘zsanoatqurilishbank” $300 millionlik Eurobond chiqargan bo‘lsa, kelgusi yilda “O‘zbekneftegaz” AJ ham qiymati $1 mlrd.lik obligatsiya chiqarishini ma’lum qilgan edi.

“O‘zbekiston yil oxiriga qadar qiymati dollarda bo‘lgan Eurobond'lar chiqarishi mumkin. Bu bizga mamlakat “kredit tarixini” yaratish uchun kerak. O‘zbekiston xalqaro qarz bozoriga yaqinda chiqdi, fevral oyida chiqarilgan Eurobond'lar birinchi qadam bo‘ldi. Investorlar esa “kredit tarixi” bilan qiziqadi”, - degan edi Markaziy bank raisi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан