Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Rezina» tuxumlar Qirg‘izistonga qayerdan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi
19.02.2019 16:45,  
8

Kuni kecha qizg‘in bahsga sabab bo‘lgan “rezina” tuxumlar O‘sh shahriga Issiqko‘l viloyatidan keltirilgan, deb xabar qildiVeterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiya rahbari Kalisbek Jumakanov.

Jumakanov jurnalistlarga Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiyasi xizmat tekshiruvini o‘tkazib, video qahramonini topganini ma’lum qildi.

“Erkak tuxumlarni O‘shdagi “Archa” mini-bozorida xarid qilganini ma’lum qildi. Ushbu tuxumlar Issiqko‘l viloyatidan keltirilgani aniqlandi. Hammasi ekologik tabiiy, lekin shunga qaramasdan mahsulot tarkibini aniqlash maqsadida uni laboratoriyaga topshirdik ”, - dedi u.

Jumakanov tuxumlar boshqa davlatlardan keltirilganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Shuningdek, u Issiqko‘ldagi korxonada tekshiruv boshlanganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Internetda Qirg‘izistonda “rezina” tuxum paydo bo‘lganligi haqidagi xabar qizg‘in muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан