Rishtonda o‘zbek-tojik do‘stlik uyi ochildi

Rishtonda o‘zbek-tojik do‘stlik uyi ochildi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida o‘zbek-tojik do‘stlik uyi ochildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.

Uyning ochilishida dini, madaniyati, urf-odatlari va an’analari o‘xshash bo‘lgan o‘zbek va tojik xalqlarining do‘stligi namunasi sifatida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning she’rlaridan o‘qildi, deyiladi xabarda.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ta’kidlashicha, uy ma’naviyat markaziga aylanadi, u yerda madaniy oqshomlar, she’r o‘qish va ma’rifiy suhbatlar o‘tkaziladi.