Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ro‘zador o‘quvchilarni yugurtirgan qo‘qonlik maktab direktori jinoyat ustida qo‘lga olindi
28.06.2019 22:39,  
80

Ramazonda ro‘zador bolalarni maktab hovlisida yugurtirgani aytilgan Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori F.J. kecha, ya’ni 27 iyun kuni pora olayotganida korrupsiyaga qarshi kurash xodimlari va Qo‘qon shahar departamenti xodimlari tarafidan maktab hovlisida qo‘lga olingani xabar qilinmoqda.

F.J.ni taniganlar spirtli ichimliklar ichib turishi va kuchishlatar tuzilmalaridagi suyanchiqlariga ishonib, noo‘rin ishlarni amalga oshirganini aytadilar.

F.J.ni bugun, ya’ni 28 iyunda ish joyida ko‘rishganda u hammasi tinchiganligini, tanishlari orqali muammosini hal qilganligini va gapni tarqatmaslikni aytgan.

Ayni damda, F.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi bilan Qo‘qon shahar prokuraturasi tarafidan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda. F.J. avval ham sudlangan. 2000 yilda 209-modda, 2013 yil 210-modda bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. F.J. joriy yilning 6 may kuni o‘quvchilarni maktab hovlisida yugurtirgani uchun 30 foizlik jarima bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi.

(foto: Kun.uz)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан