Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Rog‘un qurilishini davom ettiraman", Dushanbega metro qurib beraman" — Tojikiston prezidentligiga nomzodlar saylanish uchun qanday va’dalar beryapti
19.09.2020 09:23,  
1575

Tojikistonda 11 oktyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylovgacha uch haftacha vaqt qoldi. 13 sentyabr kuni Tojikiston Markaziy saylov komissiyasi besh kishining nomzodini rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi: XDPdan amaldagi prezident Imomali Rahmon, Agrar partiyadan Rustam Latifzoda, Sotsialistik partiyadan Adbuhalim G‘afforov, kommustik partiyadan Meroj Abdulloyev hamda Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda. 

Xo‘sh Tojikiston prezidentligiga nomzodlar saylanish uchun qanday va’dalar bermoqda? 

Imomali Rahmon. "Peshvoyi millat" deya ulug‘lanadigan, 1994 yildan beri "egarda" qolayotgan prezident Imomali Rahmon bu yil beshinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘ydi. Uning nomzodi Tojikiston Xalq demokratik partiyasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Yoshlar ittifoqidan ko‘rsatildi. 

Saylovoldi va’dalar: 

Shiori: "Barqaror iqtisodiy rivojlanish va odamlar uchun munosib hayot uchun"

Gidroelektrastansiya (Rog‘un GESi - sof.uz) qurilishini davom ettirish, ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish, Markaziy Osiyo va MDHdagi sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish. 

Abduhalim G‘afforov - Sotsialistik partiya lideri. 

Saylovoldi va’dalar:

Shiori: "Haqiqat buzilmaydi"

Mamlakatdagi tinchlik, xavfsizlik va birdamlikni saqlab qolish, Dushanbeda metro qurish va Tojikiston yo‘llarini yaxshilash, ilm-fan sohalarini moliyalashtirishni oshirish, o‘qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish.

Rustam Latifzoda - Agrar partiya yetakchisi.

Saylovoldi va’dalar:

Shiori: "Tojikistonning har bir fuqarosi uchun munosib hayot"

Tojikiston manfaatlari asosida Bojxona ittifoqiga a’zo bo‘lish, qishloq xo‘jaligini soliqlardan ozod qilish, Mehnat muhojirlari, ayniqsa Rossiyadagilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.

Meroj Abdulloyev - Kommunistik partiyadan.

Saylovoldi va’dalar:

Shiori: "Har kim moddiy va ma’naviy manfaatlarga faqat o‘z mehnatiga yarasha erishadi"

Rossiya, MDH va Xitoy bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, mehnatkashlar hokimiyatini kengashlar shaklida, xalq o‘zini o‘zi boshqarishining boshqa shakllarida tiklash, ipoteka kreditlarini kengaytirish, nazorat qiluvchi organlar sonini kamaytirish, elektron hukumat tizimini joriy qilish.

Rustam Rahmatzoda - Iqtisodiy islohotlar partiyasi nomzodi.

Saylovoldi va’dalar:

Shiori: "Odamlar uchun munosib hayot uchun milliy iqtisodiyotni tezkor isloh qilish!"

Rivojlanishning industrial-agrar modeliga o‘tish, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, kadrlar siyosatini almashtirish.

Shuningdek, siyosiy islohotlar o‘tkazmoqchi bo‘lgan Demokratik partiya nomzodi Saidjafar Usmonzoda hamda asosiy e’tiborni korrupsiyaga qarshi kurashga qaratishni rejalashtirgan 30 yoshli mustaqil nomzod Faromuz Ergashovlarning nomzodi yetarli imzo to‘plolmagani uchun prezidentlik saylovlarida qo‘yilmadi.

Mintaqaviy tahlilchilar Tojikistondagi bu galgi saylovlarda ham "musaffo osmon ostida, buyuk kelajak uchun" Imomali Rahmonning g‘alaba qozonishini taxmin qilishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан