Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ana xalos! Ronaldu "Siti"ga emas, "Yunayted"ga o‘tishi mumkin
27.08.2021 19:01,  
117

"Manchester Yunayted" agenti Krishtianu Ronaldu bilan bog‘lanib, "Yuventus"dan portugaliyalik futbolchi transfer tafsilotlarini muhokama qildi, deb yozdi jurnalist Fabritsio Romano tvitterda.

"Kechadan beri "Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduning qaytishi borasida Xorxe Mendes bilan bevosita aloqada bo‘lmoqda. Hozir direktorlar kengashi kelishuv raqamlari, mumkin bo‘lgan maosh, shuningdek, "Yuventus"ga berilishi kerak bo‘lgan summani muhokama qilmoqda. "Yunayted" hozir jiddiy qiziqish bildirmoqda ", deb yozadi jurnalist.

Avvalroq, "Manchester Siti" Ronalduga 2023 yilgacha shartnoma taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi 2018 yildan buyon Turinning "Yuventus" klubida o‘ynaydi. 36 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda 29 ta gol bilan Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Ronalduning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан