Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ronaldu yangi rekord o‘rnatganidan so‘ng Pele o‘z Instagramida gollari sonini ko‘paytirib qo‘ydi
5.01.2021 17:54,  
530

Pelening Instagram’dagi rasmiy sahifasida yozilgan tavsif o‘zgardi. Endilikda profilda hujumchi barcha vaqtlarning eng yaxshi to‘purari ekanligi ko‘rsatilib, u faoliyatida 1283 ta gol urgani qayd etilgan. 
Eng qizig‘i, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi rekord o‘rnatgani aniqlangandan so‘ng profil tavsifi o‘zgardi",- deya xabar tarqatmoqda UzReport news.
4 yanvar kuni Ronaldu A seriyaning "Udineze" ga qarshi o‘yinida o‘zining 758-golini urdi. Faoliyatidagi gollar soni bo‘yicha portugaliyalik rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 757 ta gol urgan Peledan o‘tib ketdi.
Endi Pelening Instagram’ida u ko‘proq gol urgani haqida yozilgan. Xuddi shunday voqea avvalroq "Barselona" sardori Lionel Messining rekordidan keyin sodir bo‘lganligi qiziq. 
U "Barselona" safida 644 ta gol urdi va Pelening bir klub uchun gol urish bo‘yicha rekordini yangiladi. Shundan keyin "Santos" Pele klub uchun 1091 ta gol urganini e’lon qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан