Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ronalduning koronavirusga chalingani haqidagi xabar Yuventus aksiyalarini tushirib yubordi
14.10.2020 11:02,  
121

Dunyodagi eng ko‘p daromad topadigan futbolchi Krishtianu Ronalduning COVID-19’ga topshirgan testi musbat chiqdi, deb xabar qiladi Portugaliya futbol federatsiyasi. Ushbu yangilik tufayli futbolchi to‘p suradigan italyan jamoasi “Yuventus” ning aksiyalari birdaniga 6,4% ga pasaydi, keyin esa yana tiklandi.

Ronalduning tashxisi haqida xabarlardan so‘ng, "Yuventus" aksiyalari donasi €0,76 dan €0,72 gacha tushdi, klub kapitallashuvi 65 million yevroni yo‘qotdi va 1 milliard yevrodan pastga tushdi, ertalab bozorlar ochilishida "Yuventus" ning aksiyalari €0,77 ga sotildi. Pasayish qisqa muddatli bo‘ldi.

Koronavirus yuqtirganligi sababli Ronaldu ertaga, 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasining Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Portugaliya futbol assotsiatsiyasi futbolchining kasalligi simptomsiz ekanligini xabar qildi.

Ronaldu bilan aloqada bo‘lgan barcha futbolchilarning koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqdi, shuning uchun ular mashg‘ulotlarni davom ettirishadi, deyiladi federatsiya xabarida.

Forbes talqiniga ko‘ra Ronaldu dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan ikkinchi raqamli sportchi. Birinchi o‘rinda shveytsariyalik tennischi Rojer Federer turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан