Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rosatom rahbari: O‘zbekistonda AES qurilishi haqidagi yakuniy qaror yil oxirigacha hal bo‘ladi
15.10.2019 11:54,  
211

Rosatom rahbari Aleksey Lixachyovga ko‘ra O‘zbekistonda Atom elektr stansiyasi qurish haqidagi barcha qarorlar 2019 yil oxirigacha hal bo‘lishini aytdi.

“Qaysidir hujjatlar yil oxirigacha imzolanishi aniq. Muzokaralar oddiy emas, chunki narxlarni belgilab olish muhim. Harakatlar ikki bosqichda bo‘ladi. Loyihalash bosqichidan keyin shartnomaning aniq raqamlari ma’lum bo‘ladi.

Biz amalda ikki ishni bir vaqtda olib borishga harakat qilyapmiz: loyihalash ustida kelishuv qilyapmiz, loyihani amalga oshirish uchun ham shartnoma tuzyapmiz. Aminmanki, biz yil oxirigacha barcha yechimlarni topamiz. Bu bitta shartnoma bo‘ladimi, ikki yoki uchtami – bunisi endi alohida masala”, dedi u jurnalistlarga.

2018 yil sentyabrda Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov O‘zbekiston hududida AES qurish bo‘yicha hamkorlik qilishni ko‘zda tutuvchi shartnomani imzolagan, unga ko‘ra Rosatom “3+” xavfsizlik darajasiga ega, VVER-1200 reaktorli, ikki energoblokdan iborat majmua qurishi rejalashtirilgan edi.

2019 yil 17 mayda esa O‘zatom va Rosatom agentliklari Toshkentda atom elektrostansiyasini qurish uchun muhandislik-qidiruv ishlarini o‘tkazish haqidagi shartnomani imzoladi. Qurilish ishlari 2022 yili, Rossiya hukumati beradigan kredit hisobidan boshlanishi rejalashtirilgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан