Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Roskosmos SSSRning Oyga uyushtirgan ekspeditsiyasi bilan bog‘liq maxfiy hujjatlarni ochiqladi
12.09.2019 18:42,  
58

Roskosmos Sovet Ittifoqi davrida Oyga uyushtirilgan ekspeditsiyaning bir qator maxfiylashtirilgan hujjatlarini nashr etdi. Bu haqda korporatsiya saytida xabar berilyapti.  

 Ushbu ma’lumotlar ilk marta bugun, 12 sentyabr, payshanba kuni e’lon qilindi.

“Ayni hujjatlar sovet zamonidagi birinchi “Oy dasturi”ning mohiyati, o‘sha davr ruhi va holatini tiklashga imkon beradi”, deyiladi Roskosmos saytidaga xabarda.

Korporatsiya Oygacha bo‘lgan uchish yo‘nalishi, kelajakda ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan Oy raketasining xususiyatlari, dastlabki sovet Oy zondi bo‘lgan “Ye” ob’yekti va boshqa raketalarga tegishli ma’lumotlarni nashr qildi. Bundan tashqari, Oyga birinchi fazoviy qurilma uchirilgani haqidagi hisobot qaydlari ham chop etildi. 

Shuningdek, hujjatlar orasida sovet konstruktori Mixail Tixonravovning 1954 yil 26 mayda “Yerning sun’iy yo‘ldoshlari haqida” mavzusida qilgan hisoboti ham bor. Unda qurilmaning ilmiy xususiyatlari va u qanday vazifalarni bajara olishi haqida so‘z yuritilgan.

Sayyoralararo avtomat uchish stansiyasi bo‘lgan “Luna-1” 1959 yilda fazoga uchirilgan edi. Bu o‘sha vaqtda ikkinchi fazoviy tezlikka erishgan ilk qurilma bo‘lgan. Stansiya Yerning tortish kuchini yengib o‘tib, Quyoshning sun’iy yo‘ldoshiga aylangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан