Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Rosselxoznadzor» Qashqadaryo va Navoiydan qalampir va pomidor importiga taqiq qo‘ydi
9.12.2020 17:10,  
187

Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati Qashqadaryo viloyatidan eksport qilingan mahsulot tarkibida pomidorning jigarrang burishish virusini aniqlagani haqida xabar berdi.

«Rosselxoznadzor» 9 dekabr kuni rasmiy veb-saytida O‘zbekistonning «Sunny land export» kompaniyasi tomonidan eksport qilingan mahsulot tarkibida «Tomato brown rugose fruit virus», ya’ni pomidorning jigarrang burishish virusi aniqlangani haqida xabar berdi.

«Fitosanitar barqarorlikni saqlash va aniqlangan ob’yektning Rossiya hududida tarqalishini oldini olish maqsadida joriy yil 11 dekabrdan boshlab, Rossiyaga O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatidan pomidor va qalampir import qilishga taqiq amal qiladi», — deyiladi xabarda.

«Rosselxoznadzor»ning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning Navoiy hududidan import qilingan pomidor va qalampirda ham zararkunanda aniqlangani uchun 4 dekabrdan boshlab, taqiq joriy etilgan.

Avvalroq, Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati 1 tonna import qilingan quritilgan o‘rikda kaper qo‘ng‘izi aniqlangani vaji bilan Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan barcha o‘simlik mahsulotiga taqiq joriy etgani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatidan eksport qilingan bulg‘or qalampiri va pomidor tarkibida zararkunanda topilgani vaji bilan ushbu hududdan ayni mahsulotlarni import qilishga taqiq qo‘yilgandi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан