Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya 4 ta davlat aholisi uchun fuqarolik berishni soddalashtirmoqchi
24.02.2020 10:38,  
2200

Qonunchilik loyihasida Rossiya fuqaroligini mavjud fuqarolikdan voz kechmagan holda olish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Belarus, Ukraina, Moldova va Qozog‘iston aholisi uchun RF fuqaroligini olish jarayoni soddalashtirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Blijneye zarubeje kanali.

Qonunchilik loyihasi Rossiya fuqaroligi qabul qilinishi muddatlarini qisqartirishni nazarda tutadi. Davlat dumasining MDH masalalari, Yevrosiyo integratsiyalari va vatandoshlar bilan aloqalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Kalashnikovning aytishicha, loyihaga quyidagi nizomlar kiritilmoqda:

- Fuqarolikni olish uchun besh yil RFda yashash talab etilmaydi;

- ushbu mamlakatlar yashovchilari “moddiy ahvolini isbotlashi kerak bo‘lmaydi“;

- qonun loyihasi RF fuqaroligini mavjud fuqarolikdan voz kechmagan holda olish imkoniyatini ko‘zda tutadi.

RF fuqaroligini soddalashtirilgan holda olish huquqi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat dumasiga fevral oyi oxiriga qadar kiritiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан