Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya aprelda o‘tkazishni rejalashtirgan referendumni iyunda o‘tkazadi
23.03.2020 14:56,  
85

Kreml 22 aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi butunrossiya referendumini iyun oyiga ko‘chirishni rejalashtirmoqda deb xabar beradi Vedomosti.

Vedomosti manbalarining ta’kidlashicha, kechiktirish uchun siyosiy qaror allaqachon qabul qilingan. 25 martga qadar qaror rasmiy ravishda e’lon qilinishi mumkin. 25 mart kuni qonunga binoan, faol saylovoldi tadbirlari boshlanadi - shu paytdan boshlab fuqarolar o‘z yashash joylarida ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin va Markaziy saylov komissiyasi axborot kampaniyasini boshlashi mumkin.

Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy hokimiyat allaqachon ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rishni to‘xtatib turish to‘g‘risida ko‘rsatma olgan - xususan, bu saylovoldi tashviqoti materiallariga taalluqlidir (odatda unda ovoz berish vaqti ko‘rsatilgan bo‘ladi).

Aniq yangi sana hali tasdiqlanmagan, ammo ovoz berish iyun oyida bo‘lib o‘tadi. 

Rossiyada epidemiya aprel oyida avj nuqtasiga yetishi kutilyapti, shundan keyin u pasayadi. Yangi sanani tanlash iyun oyida bo‘lib o‘tadigan maktab imtihonlari vaqtiga ham bog‘liq: ko‘plab saylov uchastkalari maktablarda joylashgan, shuning uchun saylov imtihonlardan keyin belgilanishi mumkin. Imtihon vaqtini pandemiya sababli ham qayta rejalashtirilishi ham mumkin.

Kreml ovoz berishni kechiktirishni rasmiy ravishda rad etdi. Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, "hozirgacha hech qanday qaror qabul qilinmagan".

Konstitutsiyaga kiritiladigan ushbu o‘zgarishlar Vladimir Putinga 2036 yilga qadar hokimyat tepasida qolish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан