Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya bilan doimiy reyslar qayta tiklanishi mumkin
3.03.2021 11:31,  
302

O‘zbekiston rasmiylari mart-aprel oylarida Rossiya bilan doimiy reyslarni qayta tiklamoqchi. Respublikadagi vaziyat Rossiya Federatsiyasining parvozlarni tiklash bo‘yicha barcha mezonlariga javob beradi, degan O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev.

"Biz Rossiya tomonining javobini kutmoqdamiz. O‘ylaymanki, mart-aprel oylarida biron bir ijobiy natija bo‘ladi", degan u va Toshkent Moskvaga O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat to‘g‘risida barcha kerakli ma’lumotlarni yuborganini qo‘shimcha qilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 1 oktyabr kuni barcha transport turlari uchun o‘z chegaralarini ochdi. Shu bilan birga, "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Belorusiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga muntazam reyslarni tiklagan va yil boshidan buyon Tojikiston, Germaniya va Hindistonga ham reyslar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qiyin bo‘lgan mamlakatlarga parvozlar faqat maxsus reyslarda davom etmoqda. Hozircha koronavirus uchun testning salbiy natijasi bo‘lgan sertifikat, shuningdek zarur davolanish yoki oilani birlashtirish uchun hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina, O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga va orqaga parvoz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан