Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya bilan kelishmovchiliklar fonida Belarus Norvegiyadan neft sotib ola boshladi
21.01.2020 18:18,  
427

Belarus davlati Rossiya bilan yuzaga kelgan ziddiyatlar fonida Norvegiyadan neft sotib ola boshladi. Belta yangiliklar agentligining xabar berishicha, Novopolotskdagi Naftana neftni qayta ishlash zavodi uchun Norvegiyadan 80 ming tonna neft sotib olingan.

Neft yetkazib berish dengiz yo‘li bilan Litvaning Klaypeda porti orqali, keyin esa temir yo‘l bilan neftni qayta ishlash zavodida sisternalar bilan amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchi — Fransiyaning Total shirkati.

Norvegiya neftining narxi oshkor qilinmagan, ammo u Rossiyanikidan ancha qimmatga tushadi: temir yo‘l orqali yetkazib berishning o‘zi tonnasiga 20 dollardan tushadi.

Ushbu bitim ko‘proq ramziy xarakterga ega. Bitta tankerda yetkazib berilgan neft bilan Naftana to‘liq quvvatda atigi 3 kun ishlay oladi.

Rossiya va Belorusiyada narxlar borasida kelisha olmagani tufayli, “Do‘stlik” quvuri orqali Rossiya neftini yetkazib berish va tranzit qilish bo‘yicha hali shartnoma imzolanmadi. Dekabr oyi oxiridagi muzokaralarda Belarus prezidenti Lukashenko neftni Rossiyaning ichki bozoriga sotadigan narxda yetkazib berishni talab qildi va u muvaffaqiyatsiz bo‘lganidan keyin Rossiyaga Yevropaga neft eksport yo‘lini yopib qo‘yish bilan tahdid qildi. Belarus hududidan o‘tgan transit yopilsa, Rossiyaning Yevropa yo‘nalishidagi eksport imkoniyatlari keskin cheklanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан