Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya bozoridagi eng arzon xorijiy avtomobillar 5 taligi. Ular orasida o‘zimizning Spark ham bor
10.09.2019 16:03,  
1118

«Sena Avto» sayti ekspertlari Rossiya avtobozoridagi eng arzon xorijiy avtomobillar 5 taligini tuzib chiqishdi. Bu reytingda fransuz, yapon hamda yarim yillik tanaffusdan so‘ng bozorga qaytgan o‘zbek avtomobili ham bor.

Birinchi o‘rinda Datsun on-DO yapon sedani. 1.6 litr sig‘imlik dvigatel, 87 otkuchiga ega motor hamda mexanik uzatmalar qutisi dilerlar uchun record arzon narxga — 490 ming rublga (7487 $) taklif etilmoqda.

Ikkinchi o‘rinda ham yapon markasining yana bir modeli Datsun on-DO bilan bir xil quvvat bloki bilan jihozlangan — mi-DO xetchbeki. Ushbu mashina narxi 555 ming rublni (8480 $) tashkil etadi.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda Renault kompaniyasining Logan sedani va Sandero xetchbeki. Ularning narxi 577 ming rublni (8816 $) tashkil etib, ikkalasi ham 1.6 litr sig‘imga ega dvigatel hamda 82 otkuchili motor bilan jihozlangan.

Narxi 646 ming rubldan (9870 $) boshlanadigan Ravon R2 xetchbeki beshinchi o‘ringa munosib deb topilgan. Dvigateli 1.2 litrda sig‘imdagi bu model avtomatik uzatmalar qutisiga ega. 

Shuni ham qayd etish joizki, dastlabki to‘rtta model Avtovaz zavodida yig‘ilsa, faqatgina Ravon R2 O‘zbekistondan import qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан