Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya doping mojarolari sabab ikkita Olimpiadadan chetlatilishi mumkin
7.10.2019 16:31,  
126

Rossiya doping testlari bilan yuzaga kelgan vaziyat tufayli 2020 va 2022 yillardagi olimpiadalarni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) rahbari Yuriy Ganus «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ganusning so‘zlariga ko‘ra, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Moskva antidoping laboratoriyasi ma’lumotlariga ishonmayapti.

Ushbu manipulatsiyalar tufayli rossiyalik sportchilarni yaxshi istiqbol kutmayapti - ular 2020 va 2022 yillardagi olimpiadalardan quruq qolishlari mumkin.

Shu bilan birga janob Ganus ayblovlarning RUSADAga aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida WADA xalqaro tashkiloti qo‘mitasi raisi Jonatan Teylor laboratoriyadan olingan ma’lumotlarni soxtalashtirishda gumon qilinganligi haqida gapirdi. U Rossiya rasmiylariga ro‘y bergan voqealarni mustaqil ravishda tergov qilishga ruxsat berdi.

Shu bilan birga, britaniyalik jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisa tufayli Rossiya o‘yinlarda ishtirok etadigan davlatlar ro‘yxatidan chiqib ketish xavfi ostida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан