Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya dushanbadan YeOIIdagi sheriklari bilan aviaqatnovlarni tiklaydi
19.09.2020 08:39,  
302

Rossiya 21 sentyabrdan YeOIIdagi sheriklari - Belorus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan parvozlarni tiklaydi. Janubiy Koreya bilan reyslar 27 sentabrda tiklanadi. Reyslar o‘zaro asosda haftada bir marta amalga oshiriladi.

Shuningdek, 21 sentyabrdan boshlab Rossiya eksport parvozlari dasturini to‘xtatadi. Buning o‘rniga shtab-kvartirada yuk, yo‘lovchi va tranzit reyslaridan qaytgan samolyotlardan tijorat maqsadlarida foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxiridan boshlab koronavirus pandemiyasi fonida Rossiya boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni to‘xtatdi. Avgust oyida Turkiya, Tanzaniya, Buyuk Britaniya va Shveysariyaga, sentyabr oyida Misr, BAA va Maldiv orollariga parvozlar qayta tiklandi. 1 sentyabrda Minsk va Moskva transport aloqalarini bosqichma-bosqich tiklashga kelishib oldilar. Moskvaning uchinchi ro‘yxatida ham Toshkent bilan aviaparvozlarni qaytadan amalga oshirish rejalari yo‘q. 

Avvalroq O‘zbekiston sentyabr oyida 4 mamlakat - Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston Respublikasi muntazam aviaqatnovlarni tiklashni rejalashtirayotganini xabar bergan edik. 11 sentyabrdan rasman Qozog‘iston bilan aviaparvozlar qayta tiklandi. Hozircha Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishiga muntazam qatnovchi samolyotlar qo‘yildi. Yaqin istiqbolda Aqtau-Urganch-Aqtau reydi ham qo‘yilishi masalasi muhokama qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан