Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya Federal bojxona xizmati​ O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqchi
25.01.2019 20:24,  
2

Rossiya Federal bojxona xizmati O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Federal bojxona xizmati matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

“Aniq sanalar haqida aytilmayapti. Birinchi navbatda tomonlar vakillar ish faoliyati uchun normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllashtirish zarur bo‘ladi. Birinchi bosqichda to‘liq vakolatxona ochmasdan, Federal bojxona xizmati vakillarini O‘zbekistonga jo‘natishni rejalashtirmoqdamiz. Parallel ravishda o‘zbekistonlik hamkasblar bilan vakolatxona ochish bo‘yicha bitim loyihasini bo‘yicha ish olib boramiz”, - deb ma’lum qilishdi Federal bojxona xizmatida.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoyishiga asosan Federal bojxona xizmatining mutaxassislari shu yil o‘zida O‘zbekistonga yuborilishi mumkin.

Vakolatxonani ochib bo‘yicha bitim loyihasini tayyorlash uchun 2-3 yil ketishi mumkin.

O‘tgan kuni Rossiya Federal xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Ruslan Davidov matbuot anjumanda dunyoning 20 ta mamlakatda vakolatxona mavjudligi va kelgusida uchta davlatda, xususan Niderlandiya, O‘zbekiston va Ozarbayjonda ochishni rejalashtirilganligini  ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан