Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya fuqarosiga ikkinchi ayiqni otish uchun ruxsat berilmaydigan bo‘ldi
16.05.2021 17:21,  
240

Kvotada belgilangan va ov qilish uchun ruxsatnoma berilgan ikkinchi qo‘ng‘ir ayiq ov qilinmaydigan bo‘ldi. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar masalalari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i Abdurashid Sodiqov ma’lum qilgan.

«O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni ovlash uchun kvota O‘zbekiston Respublikasining «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini ov qilishga kelib tushgan arizalar asosida 1 dan 15 noyabrgacha kelgusi yil uchun tayyorlaydi va 25 noyabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 25 aprelga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani 5 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 5 mayga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10 mayga qadar) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi, kvotani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (bundan buyon matnda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari deb yuritiladi) yuboradi».

Shuningdek, Abdurashid Sodiqov yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari 20 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 20 mayga qadar) kvotalarni berilgan talabnomalarga muvofiq taqsimlanishi haqida eslatib o‘tgan. Bundan tashqari mazkur hujjat hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.

«Rossiyalik ovchi Ye.P. Shirokovga Qo‘mita tomonidan ov qilish uchun ruxsatnoma joriy yilning 3 martdan 31 dekabr kunigacha berilgan. 2021 yil Qizil Kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlash uchun ajratilgan kvotadagi 2 ta ayiqqa ariza Rossiya fuqarosi Ye.P.Shirokovdan kelib tushganligi uchun ham ruxsatnoma unga berilgan edi. Kvotadagi ikkinchi ayiq o‘rnatilgan tartibda, ya’ni qonun ustuvorligidan kelib chiqqan holda ko‘rilib, bo‘lib o‘tgan jamoatchilik e’tirozini inobatga olinib, ikkinchi ayiqni otishga ruxsat berilmaydi». – deydi Abdurashid Sodiqov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya fuqarosi O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ov miltig‘ida otib o‘ldirgan va o‘ljasi bilan tushgan rasmini internetga joylagan edi. Ekologiya qo‘mitasi Qizil kitobga kiritilgan ayiqning otib o‘ldirilishi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан