Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya FXX va MDH maxsus xizmatlari 2019 yil davomida deyarli 140 ta terrorchini zararsizlantirdi
7.11.2019 14:55,  
180

2019 yili Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston maxsus xizmatlari xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 13 ta shohobchasini fosh etib, 138 jangarini zararsizlantirdi, deya xabar berdi 7 noyabr kuni Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov.

Bortnikov bu bayonotini Toshkentda o‘tayotgan MDHning xavfsizlik va maxsus xizmat organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida qilgan.

Uning qayd qilishicha, joriy yil maydan oktyabrgacha MDH davlatlarining 200 dan ortiq fuqarosi terrorchilik faoliyati yoki diniy-ekstremistik yo‘nalishdagi tashkilotlarga aloqadorlikda gumonlanib, chegara nazoratida tekshiruvdan o‘tqizilgan.

Bundan tashqari, Belarus Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi bilan hamkorlikda noqonuniy qurol yetkazib berish kanalini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan, 40 donadan ortiq o‘qotar qurol va 9 000 dona o‘q-dori musodara qilingan.

Shuningdek, Rossiya va MDH davlatlari chegarachilari “katta miqdordagi giyohvand va psixotrop moddalarni ushlab qolgan, giyohvand moddalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan laboratoriyalarni aniqlagan”, deyiladi xabarda.

Bugun Toshkentda o‘tayotgan ayni yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov "Suriya va Iroqda o‘tgan muvaffaqiyatli aksilterror kampaniyadan keyin u yerdagi jangarilar o‘zlarining yashash joylariga qaytishga harakat qilishi, bunga qarshi turish uchun MDH davlatlari o‘zaro hamkorlikda ishlashi zarurligi" haqida gapirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан