Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya ikkinchi koronavirus vaksinasiga litsenziya berdi
15.10.2020 09:32,  
372

Rossiyada yana bir koronavirus vaksinasiga litsenziya berildi. Novosibirskdagi “Vektor” markazi koronavirusga qarshi ikkinchi rus vaksinasi “EpiVakKorona” ni ro‘yxatdan o‘tkazdi. “Bilishimcha, bizda uchinchi vaksina ham bor – Rossiya Fanlar akademiyasining Chumakov nomidagi markaziniki”, - dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin hukumat yig‘ilishida.

"Vektor" vaksinasi avvalroq siyosatchilar va mansabdor shaxslar (Vladimir Putinning qizi ham ko‘ngilli sifatida shu vaksina sinab ko‘rgan) o‘zlarida faol ravishda sinab ko‘rgan Gamaley markazining vaksinasidan farq qiladi.

“Hamkasblaridan farqli o‘laroq, Novosibirsk olimlari virus parchalari - sintetik peptid antigenlarini o‘z ichiga olgan vaksinani ishlab chiqdilar. Ularga asoslangan emlash COVID-19ga qarshi immunitetni keltirib chiqaradi va rivojlanishiga yordam beradi”, - deyiladi Rospatent press relizida.

Chumakov markazidagi emlash uchinchi turga tegishli. Bu butun virusni o‘z ichiga olgan to‘liq virion vaksinadir. Golikova Putin bilan uchrashuvda vaksinaning ikkinchi klinik sinovlari 19 oktyabrda bolshlanib, dekabrda tugashi haqida gapirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан