Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya kompaniyasi COVID-19 uchun Oksford vaksinasini ishlab chiqarishga qaror qildi
18.07.2020 10:43,  
1404

Rossiyaning "R-Pharm" kompaniyalar guruhi Britaniyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaktsinani ishlab chiqarishni boshlash mumkinligi haqida e’lon qildi.

R-Pharm hisobotida ta’kidlanishicha, AstraZenec hujayra chizig‘i va adenoviral vektorni rus shurkatiga topshirdi, bu esa agar AZD1222 vaksinasining klinik sinovlari muvaffaqiyatli bo‘lsa, uni ishlab chiqarishni boshlash imkonini beradi.

«Rossiya vaksinalarni ishlab chiqarish va xalqaro bozorlarga yetkazib berish markazlaridan biri bo‘ladi. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan Yaqin Sharq, Bolqon mintaqasi va MDH davlatlariga eksportni tashkil etish rejalashtirilgan", - deyiladi R-Pharm xabarida. 

16 iyul kuni Buyuk Britaniyaning Milliy kiberxavfsizlik markazi NCSC Britaniya hukumati Rossiya razvedka xizmatiga tegishli deb hisoblangan rus xakerlari COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinani ishlab chiqish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringanlarini ma’lum qildi.

"Rossiya maxsus xizmatlari koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotganlarni nishonga olishi mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan holat", - dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Britaniya vaksinasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlash urinishlari bilan hech qanday aloqasi yo‘qligiga ishontirdi va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi direktori Kirill Dmitriyev Britaniyaning bayonotlarini "Rossiya vaksinasining obro‘siga putur yetkazishga urinish" deb atadi.

"Oksforddan biron narsani o‘g‘irlashning hojati yo‘q, chunki AstraZeneca bizning farmatsevtika kompaniyalarimizdan biri bilan Rossiyada Oksford vaksinalarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuning uchun o‘g‘irlashning hojati yo‘q, sirni saqlashning hojati yo‘q”, - deb izohladi fond rahbari.

R-Pharm vaksinani COVID-19 dan odamlarni qanchalik yaxshi himoya qilishini aniqlash va uning xavfsizligini baholash uchun ishlab chiqilgan Buyuk Britaniyaning AZD1222 vaksinasi sinovlari hali yakunlanmaganini eslatib o‘tdi. Kompaniyalar guruhi, shuningdek, Yaroslavl shahridagi zavodida N.F. Gamalei nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan rus vaksinasini ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ta’kidladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан