Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya kompaniyasi Liviyada kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda
24.04.2020 13:45,  
302

Rossiyaning "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi Liviyada Milliy kelishuv hukumati (MKH)ga qarshi kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblanmoqda. Bu haqda MKH ichki ishlar vaziri Fathi Bashagga tayanib mahalliy The Libya Observer nashri xabar bermoqda.

"Vagner guruhining rus yollanma jangchilari front chizig‘ida [Триполи жанубидаги Салоҳиддин туманида] nevrologik gazdan foydalandi. Gazdan zaharlangan MKHning bir qator jangchilari snayperlar tomonidan o‘ldirildi. Vagner guruhining yollanma jangchilaridan tashqari hech bir tomon buni amalga oshira olmaydi", - dedi Bashag matbuot anjumanida.

The New Arab nashrining yozishicha, hozir Liviyada bo‘lib turgan misrlik-kanadalik fotojurnalist Amru Salohuddin tvitterda 22 aprel kuni Salohiddin tumanini bombardimon qilganidan so‘ng bir nechta MKH jangchilari yerga qulaganini yozgan. Ular, fotosuratchining so‘zlariga ko‘ra, titrashgan va normal nafas ololmaganlar. 

Xabar qilinishicha, hozir Liviyada "Vagner"ning 1400 ga yaqin yollanma jangchilari bor. Liberal-demokratik partiyaga ko‘ra, ular Liviya milliy armiyasi (LMA) generali Xalifa Xaftar tomonida jang qilmoqda.

MKH va LMA o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2011 yilda Muammar Kaddofiy ag‘darilganidan keyin boshlangan. LMA Liviyaning sharqini boshqaradi, MKH g‘arbni, shu jumladan poytaxt Tripolini nazorat qiladi. 2019 yilning bahoridan beri Xaftar armiyasi shaharni egallab olishga harakat qilmoqda. Rossiya LMAni, Turkiya esa MKHni qo‘llab-quvvatlaydi. 

2020 yil yanvar oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin agar Liviyada ruslar bo‘lsa, unda "ular Rossiya davlatining manfaatlarini ifoda etmaydi" deb aytgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан