Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya kosmik turizm uchun maxsus kema qurmoqda
23.10.2019 18:38,  
139

"Soyuz" kosmik kemasi sayyohlarni Xalqaro Kosmik Stansiyaga yetkazish uchun qayta jihozlanadi. Bu haqda Roskosmos ijrochi direktori Sergey Krikalev Vashingtondagi Xalqaro Astronavtika Kongresida jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qayta jihozlanganidan so‘ng kemani bitta fazogirning o‘zi boshqara oladi, komandir va ikkita bortinjenerdan iborat ekipajga hojat qolmaydi.

"Ixtisoslashgan missiyada bitta odam tomonidan boshqarilishi uchun qaytadan jihozlanadi. O‘zgarishlar boshqaruv paneli bilan bog‘liq bo‘lib, u bir kishilik boshqaruv uchun qaytadan sozlanadi", deydi Krikalev.

"Soyuz" 2021 yildan odamlarni XKSga olib chiqishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kosmik turizm yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning eng innovativ kishisi Ilon Mask ham katta loyihalarni amalga oshirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан