Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya manfaatlari uchun Suriyada jang qilayotgan O‘zbekiston fuqarosining ismi ma’lum qilindi
8.10.2018 13:12,  
8

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) «Vagner»ning yollanma jangchilari bo‘lgan 206 nafar  shaxsning ismlarini ma’lum qildi. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekistonning bir fuqarosi ham joy olgan bo‘lib, u Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan, deya xabar beradi Ukraina maxsus xizmatiga tayanib Kun.uz nashri.

Ukraina maxsus xizmati ro‘yxatdagi shaxslardan birining - O‘zbekiston fuqarosi Dilshod Mamajonovning shaxsiy hujjatlari suratini e’lon qildi. UXX ma’lumotlariga ko‘ra, u fevral oyida jiddiy jarohatlangan va Rossiya harbiy samolyoti yordamida Suriyadan olib chiqib ketilgan. Xususan, mahkama Mamajonov pasportining vizalar urilgan sahifalari suratini ham e’lon qilgan.

«Mavjud hujjatlar shuni ko‘rsatadiki, bu shaxs Rostov-Dondan Suriyaga 2017 yil 30 avgustda «Vagner» XHK maxfiy harbiy kontingentining navbatdagi partiya tarkibida jo‘nab ketgan. Muhim narsa shundaki, pasportda Suriya hududida chegara nazoratidan o‘tganlik haqida hech qanday belgi yoki muhr yo‘q», - deya ta’kidlaydi UXX.

Mamajonovning pasportida Suriya hududida chegara nazoratidan o‘tganligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. «Bu Rossiya Federatsiyasida yuqori darajada rossiyalik harbiylar boshqa davlatlar hududida terrorchilik faoliyatida ishtirok etish faktlarini atayin yashirish amaliyoti borligini yana bir bor tasdiqlaydi», - deyiladi UXX xabarida.

«Vagner» XHK - xususiy harbiy tashkilot. Fevralda OAV Suriyada xalqaro koalitsiyaning zarbasi oqibatida «Vagner» XHK yollanma jangchilari halok bo‘lgani haqida xabar berdi. «Kommersant’»ga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lgan. Biroq, Donbassdagi isyonchilar sobiq qo‘mondoni Igor Strelkov ma’lumotiga qaraganda, gap 644 kishi haqida ketmoqda. O‘shanda Rossiya hukumati besh nafar rossiyalikning o‘limini tasdiqladi, ammo ular harbiy xizmatchilar bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Aprel oyida Reuters o‘z tekshiruvi natijalarini e’lon qildi, unga ko‘ra, rossiyalik yollanma jangchilar Rostovdagi «Platov» aeroportidan Suriyaga jo‘natiladi. O‘tgan yilning yanvaridan joriy yilning mart oyigacha bo‘lgan 14 oy davomida agentlik Damashq va Lataqiyadan Rostov-Donga va aksincha yo‘nalishda 51ta reys amalga oshirilganini aniqladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан