Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya Mudofaa vazirligi saytida O‘zbekiston KXShT a’zosi deb ko‘rsatilgan xato tuzatildi
26.08.2021 08:47,  
69

Xabarning 25 avgust ertalab tongda joylangan va 7 soatdan ortiq vaqt davomida xato holatda turgan talqinida O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi a’zolari Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan bir qatorda ko‘rsatilgan edi.

Biroq O‘zbekiston Respublikasi 2012 yildan buyon bu tashkilot a’zosi hisoblanmaydi.

O‘sha yili O‘zbekistonning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi qonun asosida qabul qilingan, unda respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligi, har qanday xalqaro tuzilma harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda undan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi ko‘rsatilgan.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonning KXShTga qaytishi ehtimoli yuzasidan Kun.uz bergan savolga javoban, bu – mamlakatning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga zidligini aytgandi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti — Rossiya rahnamoligidagi harbiy blok hisoblanadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi saytida yo‘l qo‘yilgan xato KXShT O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyorligi haqida bayonot berishi va prezident Shavkat Mirziyoyev tashkilotning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlab videoanjuman shaklida o‘tkazilgan sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etishi ortidan ro‘y bergani jamoatchilik e’tiborini tortdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан