Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya, Ozarboyjon va Armaniston yetakchilari Moskvada uchrashadi
10.01.2021 20:46,  
134

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni Moskvaga uchrashuvga taklif qildi. Uch tomonlama uchrashuv 11 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Tomonlar Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha yarashuv kelishuvining amalga oshirilishi qanday borayotganini muhokama qilishadi. 

Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar natijasida jabrlangan hududlar aholisiga yordam ko‘rsatish, savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.   

Bundan tashqari, Putinning Aliyev va Pashinyan bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.  

Pashinyanning matbuot kotibi Mane Gevorgyanning Facebook’da ta’kidlashicha, Armaniston uchun uchrashuvda harbiy asirlar va bedarak yo‘qolganlar masalasini ko‘tarish muhim hisoblanadi.   

“Armaniston uchun asirlarni qaytarish, ozarboyjonliklar pozitsiyalari ortida qolgan askarlarimiz bilan bog‘liq qidiruv-qutqaruv amaliyoti, halok bo‘lganlar jasadlarini izlash, bedarak yo‘qolganlar taqdiri masalalari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Armaniston Moskvadagi uchrashuvda bu masalalarning muhokama qilinishini muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi”, deb yozgan Gevorgyan. 

Tog‘li Qorabog‘da 2020 yil sentyabr oxirida Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida harbiy ixtilof avj olgandi. Noyabrda tomonlar Rossiya ko‘magida yarashuv kelishuvini imzolagandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан