Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya prezidenti tojik-afg‘on chegarasidagi murakkab vaziyatda Dushanbeni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
7.07.2021 10:44,  
162

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston rahbari Emomali Raxmon bilan telefon orqali muloqotda tojik-afg‘on chegarasidagi vujudga kelayotgan murakkab vaziyatda Dushanbeni zarur darajada qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

Kremlning matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Putin va Raxmon tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatni batafsil muhokama qilgan.

Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti hamda ikki tomonlama munosabatlar doirasida ham Tojikistonga zarur yordam berilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kremlning rasmiy vakili Dimitriy Peskov Moskva afg‘on hukumati bilan mazkur mamlakatga harbiy kontingentni olib kirish masalasini muhokama qilmasligini aytgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан