Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni tikladi
16.01.2021 22:58,  
604

Rossiya joriy yil 27 yanvardan Vyetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatar bilan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi. Parvozlar haftada bir necha marta Moskvadan amalga oshiriladi.“O‘tkazilgan muhokama yakuniga va alohida davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda 27 yanvardan quyidagi davlatlar bilan aviaparvozlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi:

Vyetnam (Moskva – Xanoy, haftada ikki marta), Hindiston (Moskva – Dehli, haftada ikki marta), Finlyandiya (Moskva – Xelsinki, haftada ikki marta, Sankt-Peterburg – Xelsinki, haftada ikki marta), Qatar (Moskva – Doha, haftada uch marta)”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur qaror yuqoridagi davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani hisobga olingan holda qabul qilingan.Bundan tashqari, Misr bilan aviaqatnovlarni chastotasini ko‘paytirishga qaror qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан