Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya Qirg‘izistonga moliyaviy yordam berishni to‘xtatdi
15.10.2020 09:50,  
228

Rossiyaga Qirg‘izistondagi siyosiy vaziyat barqarorlashmaguncha bu mamlakatga berilayotgan har qanday moliyaviy yordamni to‘xtatib turadi. Bu haqda Rossiya Moliya vazirligidagi manbalariga tayanib RBK nashri xabar bermoqda.

"Qirg‘iziston Respublikasidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, moliyaviy yordam berish mamlakatda siyosiy vaziyat barqarorlashguncha va hokimiyat organlari faoliyati tiklanmaguncha to‘xtatib qo‘yilgan", - deya tushuntirdi manbalardan biri.

Rossiya Qirg‘izistonning yirik tashqi donorlaridan biri. Oxirgi marta Qirg‘izistonga davlat moliyaviy yordami haqida 2019 yilda ma’lum qilingan: o‘shanda Rossiya $30 mln. xayriya qilgan edi. Rossiya, shuningdek, 2005 yildan beri Qirg‘izistonning $700 mlndan ortiq davlat qarzidan ham kechib yuborgan. 2012 yildan beri Rossiya qirg‘izlarga $250 mln. hajmida qaytarib berish shart bo‘lmagan grantlarni taqdim etib keladi.

Rossiya, shuningdek, 2020 yilning avgustida Qirg‘izistonga $100 mln. kredit ajratishga qaror qilgan Yevrosiyo barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasi (YeBTJ)ning asosiy paychisi. Hozircha YeBTJ kanali orqali yordam to‘xtalishi aniq emas, biroq Moskva jamg‘arma ustav kapitalining 88% iga egalik qiladi.

Qirg‘izistonda 4 oktyabr kundagi parlament saylovlaridan keying boshlangan beqarorlik hali ham iziga tushib olgani yo‘q. Hozir poytaxt Bishkekda favqulodda holat rejimi amalda. Prezident Sooronbay Jeenbekov shaharga harbiylarni kiritgan.

7 oktyabr kuni Qirg‘iziston Milliy banki mamlakatni xalqaro SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi. Bu chora beqarorlik paytida mamlakatdan xorijga pul olib chiqib ketilishini cheklash uchun qilindi.

 

Mavzuga doir: Siyosiy beqarorlik Qirg‘izistonga qanchaga tushmoqda?

Mavzuga doir: Qirg‘izistondagi tartibsizliklar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi eksportiga qanday ta’sir o‘tkazyapti

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан