Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi o‘zbekistonliklar yo‘lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda
16.07.2020 14:19,  
539

Bugun O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya – Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish masalasi bo‘yicha Rossiya tomoni bilan kelishuvga binoan, O‘zbekistonning uchta yo‘lovchi poyezdi Toshkent tomon yo‘l olmoqda. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

1404 yo‘lovchi bo‘lgan ikkita poyezd Kinel, yana bir poyezd esa 702 yo‘lovchi bilan Buzuluk stansiyalaridan harakatlandi. Chiptalar faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun sotildi. 

Buzuluk – Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar narxi 1.200.000 so‘m (8500 rubl), Kinel – Toshkent – 1.450.000 so‘m (10.100 rubl)ni tashkil topdi. 

Yo‘l davomida yo‘lovchi poyezdlar faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilar platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi. Poyezdlar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

DIQQAT! Mazkur poyezdlarda kelayotgan yo‘lovchilarning qarindosh va yaqinlari ularni kutib olaman deb sarson bo‘lmasin! Chunki ushbu reyslarning barcha yo‘lovchilari poyezdlardan tushishlari bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан