Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonga olib kelinadi
19.05.2020 00:43,  
267

Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston bilan chegarasi yaqinida bo‘lib turgan mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini vatanga olib kelish uchun 18-19 may kunlari avtobuslar tashkil etiladi.

Davlat rahbari topshirig‘iga binoan Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish masalasi ishlab chiqildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Mamlakatimizning Moskva va Ostona shaharlaridagi Elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz ro‘yxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi.

Vatanimizga mazkur ro‘yxatga kiritilgan jami 1100 nafar hamyurtimiz olib kelinadi. Xususan, 2020 yil 18 may va 19 may kunlari 550 nafardan vatandoshimizning avtobuslarda O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqishi rejalashtirilgan. Ular yetib kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Vatandoshlarimizning Rossiya-Qozog‘iston chegarasi orqali O‘zbekistonga olib kelish istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan avvaldan shakllantirilgan ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha ro‘yxat tuzish ko‘zda tutilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан