Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya TIV o‘rinbosari: Toshkent hali YeOIIga kirish haqida ariza topshirmadi
11.02.2020 00:24,  
611

10 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin RIA Novostiga bergan intervyusida  O‘zbekistonning Yevroosië iqtisodiy ittifoqiga kirish istiqbollari haqida ham gapirdi.

Diplomatning aytishicha, Shavkat Mirziëyev 20 yanvar kuni Oliy Majlis Senatida qilgan chiqishida O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishini bildirgan edi.

"Bundan kelib chiqib aytishim mumkinki,  O‘zbekistonning kuzatuvchi maqomida ittifoqqa kirishi uning to‘laqonli a’zolik jaraënida qo‘yilgan birinchi qadamdir", - dedi Pankin.

"Toshkent rasmiylari YeOIIga kirishning bahs talab qilmaydigan afzalliklari – yagona tovarlar, ishchi kuchi, xizmat va kapital bozoriga chiqish imkoni yuzasidan mamnunlik bilan gapirmoqda" - ta’kidladi vazir o‘rinbosari.

Pankin YeOIIda yangi a’zolarning paydo bo‘lishi haqida gapirib, hozircha Toshkentning YeOIIga qo‘shilish haqida rasmiy ariza bermaganini ta’kidladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi kerakmi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан