Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya Tojikistonga bepul qurol va harbiy texnika berdi
29.10.2019 18:17,  
416

Rossiya Tojikistonga qiymati 320 million rubl bo‘lgan qurol va harbiy texnikani taqdim etdi, deb xabar qildi RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan.

“Rossiya harbiylari Tojikiston armiyasiga beg‘araz harbiy texnika va qurol partiyasini taqdim etdi, ularning qiymati 320 million rublni tashkil qiladi”, - deyilgan Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Lapinning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston “sinalgan va ishonarli texnika” - radiolokatsiya stansiyalar va modernizatsiya qilingan zirhli mashinalarini BRDM-2M oldi.

General ta’kidlashicha, yangi texnika Tojikiston Qurolli kuchlari “jangovar salohiyatini oshirish” va “mintaqada tinchlikni saqlash uchun xizmat qiladi".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан