Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Suriyada AQSh zirhli mashinasi Rossiyaning "Tigr" zirhli mashinasini yo‘ldan siqib chiqardi (video)
20.02.2020 11:37,  
4216

Suriyada tasvirga olingan Rossiya va Amerika harbiylari o‘rtasidagi voqeaning videoyozuvi "YouTube"ga 19 fevral kuni joylashtirildi.

Video tavsifiga ko‘ra, voqea Suriyaning shimoliy-sharqidagi Al-Qamishli shahri atrofida bo‘lgan. Videoning aynan qachon suratga olinganligi aniq ko‘rsatilmagan.

Videoyozuv Rossiya bayroqlari o‘rnatilgan "BTR" (jangovar zirhli transporti) va zirhli "Tigr" (Yo‘lbars) avtomashinalaridan iborat bo‘lgan avtoulovlar karvonidan o‘tib ketmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi tomonidan olingan. 

Tasvirda Rossiyaning harbiy texnikalaridan iborat bo‘lgan karvon oldida, AQSh bayrog‘iga ega ikki zirhli "MaxxPro MRAP" avtomobillari sekin harakat qiladi va Rossiyaning "Tigr"(Yo‘lbars) zirhli mashinasi Amerika zirhli mashinalarini quvib o‘tishga harakat qilganda, AQShning "MaxxPro MRAP" avtomashinasidan biri uning o‘tish yo‘lini to‘sadi va yo‘ldan dala tomonga siqib chiqaradi, shundan so‘ng ikkala mashina hamda videoyozuv ham to‘xtaydi. 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) videoga izoh berishdan bosh tortdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан