Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya xitoylik ishchilar o‘rniga o‘zbekistonliklarni jalb etmoqchi
14.03.2020 13:16,  
1137

Xitoylik ishchilar koronavirus tufayli bu yil Yahudiy avtonom viloyatiga (Rossiya Federatsiyasi) dala ishlariga kela olmaydi. Ularning o‘rniga o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishga keladi. Bu haqda viloyat ma’muriyati xabar bergan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibining ta’kidlashicha, koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat sababli xitoylik ijarachilarning bahorgi ekish kampaniyasida ishtirok etishi muammoli masala.

Joriy yilda bahorgi dala ishlariga Xitoydan 1323 kishini jalb qilish rejalashtirishgan edi. Karantin tufayli chet el ishchilarini jalb qilish kvotalari talab qilinmaydi. Bu masala o‘zbekistonlik mehnat migrantlari va avtonom viloyatining qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi o‘quv yurtlari bitiruvchilari hisobidan hal qilinadi.

Yahudiy avtonom viloyatidagi ekin maydonlari 166 ming gektarni tashkil etadi, shundan 150 ming gektardan ko‘prog‘i soya ekini uchun ajratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан