Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada 10 mln ish o‘rni robotlar tufayli yo‘qotilishi mumkin
10.09.2019 16:59,  
83

10 yil ichida mamlakatda mavjud ishchi kuchiga bo‘lgan talab ikki barobar qisqaradi. Bu haqida soha mutaxassislariga tayanib gazeta.ru xabar bermoqda.

2030 yilga kelib robototexnika 20 milliondan ortiq kishining turmushiga ta’sir qiladi. Mutaxassislar avtomatlashtirish jarayoni cho‘zilib, mehnat bozorini buzmasliklariga ishonishadi. Shu bilan birga, qo‘rqinchli prognozlar fonida robotlar allaqachon bank sohasiga kirishdi va u yerdagi bo‘sh ish o‘rinlarining 10 foizini yo‘q qilishdi.

Tadqiqot faqat rasmiy ravishda ishlaydigan fuqarolarga tegishli. Xususan, mehmonxonalar va restoran biznesi, ishlab chiqarish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, chakana savdo va tog‘-kon sanoati kabi sohalar haqida gap ketmoqda. Tadqiqot mualliflari ushbu xodimlarning bajaradigan yagona xatti-harakatlar nisbatlarini hisoblab chiqdilar. Keyingi o‘n yillikda ushbu sohalardagi ishlarning 50 foizdan ortig‘i robotlarga ishonib topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz mehnat muhojirlarining aksariyati Rossiya Federatsiyasida ishlashadi va Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, ular 2018 yil mobaynida O‘zbekistonga 4 mlrd $ pul o‘tkazmalarini amalga oshirishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан