Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada 2022 yildan qog‘oz pasport berish to‘xtatiladi
18.07.2019 16:10,  
7

Rossiyada 2022 yildan qog‘oz ko‘rinishidagi an’anaviy pasportlarni berish to‘xtatilib, ular o‘rniga elektron pasportlar taqdim etiladi. Yangi hujjatda yashash joyi ma’lumotlari, sug‘urta hisobi, haydovchilik guvohnomasi raqamlari hamda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yozilgan bo‘ladi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar qildi.

Elektron pasportlarni berish bo‘yicha tajriba loyihasi 2020 yil iyulidan boshlanadi. Elektron pasport chipli plastik karta ko‘rinishida hamda smartfondagi mobil ilova ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Birinchi bosqichda yangi formatdagi hujjatlarni elektron xorijga chiqish pasportlarini tarqatish shoxobchalarida tarqatiladi. So‘ngra ushbu imkoniyatni ko‘p tarmoqli markazlarda joriy etish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан