Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada 21 yoshli tovlamachi qiz ikki o‘zbekistonlikni aldab pulini o‘g‘irlab ketdi
9.06.2019 18:11,  
11

Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi tovlamachilik qurboniga aylandi deb xabar qilmoqda Kaluga viloyati IIB matbuot xizmati.

Jinoyatchi telefon orqali o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, mehnat migrantlariga arzon kredit taklif qilgan. Guyoki buning uchun ular o‘z bank kartalariga qo‘shimcha xizmatlarni ulashi kerak bo‘lgan. Ushbuni ro‘kach qilgan holda tovlamachi ularning pasport raqamlari va bank rekvizitlarini bilib olgan.

Shundan so‘ng jinoyatchi ularning hisob raqamidagi mablag‘larni o‘z hisobiga o‘tkazgan. Shu yo‘l bilan tovlamachi ikki nafar fuqarodan jami 17 ming rubl o‘g‘irlagan.

Huquqni saqlash organlari tovlamachining shaxsini aniqlab uni hibsga olgan. U Rostov viloyatida yashaydigan 21 yoshli qiz bo‘lib chiqqan. Unga nisbatan 2ta jinoyat ishi ochilgan. Ayni damda tergov  davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан