Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada 3 oydan buyon maosh ololmayotgan o‘zbekistonlik ishchilar masalasida elchixona bayonot berdi
14.07.2020 11:03,  
684

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Amur viloyatida gazni qayta ishlash zavodi qurilishini amalga oshirayotgan «Renaissance Heavy Industries» kompaniyasi ishchilari uch oy davomida maosh olmaganligi sababli isyon ko‘targani videosi tarqalgan edi.

Videoda bir guruh ishchilar «Renaissance Heavy Industries» kompaniyasi ofisi eshiklarni tepib, texnikalarni sindirayotgani aks etgan. Shuningdek, videoda «Ur, sindir» degan so‘zlar eshitilgan. Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular uch oydan buyon ish haqini olmayotgani sababli mazkur ishga qo‘l urgan.

Norozilik bildirayotgan ishchilarni tinchlantirish uchun maxsus topshiriqlar bo‘yicha militsiya otryadi jalb etilgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan xorijlik ishchilarning mehnat huquqining buzilishi bo‘yicha tekshiruv boshlangan. Shu bilan birga, tartibsizlikni yuzaga keltirgan ishchilarga nisbatan «Bezorilik» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu masala yuzasida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi 2020 yilning 13 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Amur oblasti Svobodniy tumanidagi «Renaissance Heavy Industries» kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisani nazoratga olgan.

Mazkur masala bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlari bilan muntazam muloqot olib borilmoqda.
"Bo‘lib o‘tgan hodisa tafsilotlarini aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida voqea joyiga elchixona Bosh konsuli yetib bordi.

Elchixona rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda mojaroni keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni o‘rganish, muammoning barcha tomonlar uchun maqbul bo‘lgan yechimini ishlab chiqish bo‘yicha ish jarayoni va natijalari haqida qo‘shimcha axborot beradi" - deyiladi axborotda.

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан