Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada 6 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
20.11.2021 20:21,  
302

Rossiyaning Novosibirsk shahrida 6 nafar o‘zbekistonlik migrant issiqxonada ishlaydigan xitoylikka hujum qilgani uchun sud qilindi. Ulardan biri qotillikda ayblandi.

Novosibirsk sudi hukmiga ko‘ra, hujum qilganlarning besh nafari 8 yildan 10 yilgacha muddatga koloniyaga jo‘natilgan, qotillikda aybdor deb topilgan yana bir o‘zbekistonlik 16 yil umrini qamoqda o‘tkazadi.

Qayd etilishicha, jinoiy guruh 2019 yilning yozida issiqxona majmuasi hududida ikki marta Xitoy fuqarolariga hujum qilgan. Talonchilar xitoyliklarni kaltaklab, buyumlarini talon-toroj qilishgan. Hujum paytida xitoyliklardan biri halok bo‘lgan. Hujumlar natijasida yetkazilgan zarar 1,7 million rublga baholangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан