Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada 80% maktab o‘quvchilari rep tinglagach, narkotik iste’mol qiladi
2.12.2019 17:43,  
229

Rossiyada maktab o‘quvchilarining 80 foizi rep musiqa tinglaganidan keyin giyohvand moddalarni iste’mol qiladi. Bu haqda Rossiya parlamenti quyi palatasi ma’lumotiga tayanib, gazeta.ru xabar bermoqda.

"Bola o‘zining xonasiga kiradi, eshikni yopadi va sevimli rep qo‘shig‘ini qo‘yadi. Qo‘shiq fonida esa narkotik modda iste’mol qilish targ‘ib qilinadi", - dedi Jamoatchilik palatasining axborot rivojlanish bo‘yicha komissiyasi raisi Aleksandr Malkevich "Internetda narkotik moddalarning targ‘iboti va tarqatilishi" mavzusidagi parlament eshituvida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda giyohvand moddalar haqidagi ma’lumotlarni tarqatishda yordam beradigan rus ijtimoiy tarmoqlarini tartibga chaqirib qo‘yish kerak.

Malkevich OAVlarga alohida murojaat qilib, giyohvand moddalar bilan bog‘liq lavhalarni o‘z saytlarida tarqatmaslikni so‘radi.

Avvalroq Toshkentda narkotik sotuvchi onlayn do‘kon yashirin reklamalari paydo bo‘lgani va olib tashlangani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан