Rossiyada "Aventa-M" sun’iy shamollatish moslamalaridan foydalanish to‘xtatildi. Ushbu moslamalar yong‘in sodir bo‘lgan Moskva va Sankt-Peterburgdagi kasalxonalarga o‘rnatilgan edi.
12 may kuni shamollatish moslamalaridan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruq Roszdravnadzor rahbari Alla Samoylova tomonidan imzolandi.
Buyruqda qayd etilishicha, qurilmalar aprel oyining boshlarida Ural mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan, ularning amal qilish muddati cheklanmagan.
9 may kuni Moskvadagi Spasokukotskiy kasalxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, hech kim jabrlanmadi. Yong‘inning sababi sifatida qisqa tutashuv ko‘rsatilgan.
12 may kuni Sankt-Peterburgdagi avliyo Georgiya kasalxonasida ham yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada besh kishi halok bo‘ldi. Yong‘in IVL apparat yonishi natijasida yuzaga kelgan.