Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada “aytishniklar” partiyasi tuziladi
10.01.2020 16:59,  
242

Butun dunyoga mashhur tanklar jangi “World of Tanks” o‘yini mualliflaridan biri, Wargaming.net sayti marketing bo‘limi rahbari Vyacheslav Makarov Rossiyada siyosiy partiya tashkil etib, mahalliy saylovlarda ishtirok etishini ma’lum qildi, deb yozmoqda Kommersant.

“To‘g‘ridan to‘g‘ri” demokratiya deb nomlanadigan partiyaning ta’sis qurultoyi 5 martda bo‘lib o‘tadi.

Makarovdan tashqari Yevrosiyo aloqalar markazi direktori Aleksey Pilko, “Yandeks.Dengi” yuridik xizmati rahbari o‘rinbosari Boris Chigilin, Unwired Devices shirkati bosh direktori Oleg Artamonov va Wargaming.net’ning hukumat bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Timofey Shevyakovlar tashkiliy qo‘mita a’zolari hisoblanadi.

Partiya 2020 yildan mintaqaviy saylovoldi kampaniyalarida ishtirok etishni va muvaffaqiyat qozonsa 2021 yil Gosduma (Rossiya parlamentining quyi palatasi – izoh sof.uz)ga o‘z nomzodlarini qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Partiya mahalliy IT kompaniyalarni o‘zining elektorati sifatida ko‘rmoqda.

“Ko‘plab mahalliy IT kompaniyalar yirik soliq to‘lovchilar hisoblanadi va ular joylardagi muammolarni yaxshi biladi”, - deydi Makarov.

Partiya a’zolari uchun blokcheyn texnologiyasida ishlaydigan alohida platforma yaratiladi. U orqali a’zolar partiya masalalari bo‘yicha ovoz berish jarayonlarida qatnasha olishadi.

Bloomberg tomonidan $1,5 mlrdga baholanayotgan Wargaming.net Belarusning IT kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning 2015 yilda yaratgan, ikkinchi jahon urush manzaralarini eslatuvchi “World of Tanks” arkada o‘yini uni jahon miqyosida mashhur qilib yubordi.

Kommersant suhbatdoshining aytishicha, vatanparvarlik loyihalarini amalga oshiradigan va harbiy muzeylarni moliyalashtiradigan kompaniya “axborot texnologiyalari sohasidan ko‘ra ko‘proq ta’sirga ega”. Unga reklama shart emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан