Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada chet ellik talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi
11.02.2020 15:21,  
116

Rossiya Prezidenti chet ellik talabalarning ishga joylashishini soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov xabar berdi.

Ushbu qonun Rossiya universitetlarida kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi chet ellik talabalar uchun tegishli ruxsatnoma olmasdan ishlash imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda Rossiyadagi chet ellik talabalar faqat ta’til paytida hamda bo‘sh vaqtlarida ushbu ta’lim muassasalari hamda boshqa turli tashkilotlarda ishlash yoki xizmat ko‘rsatish huquqiga ega.

Bundan tashqari, chet ellik talabalar hujjatlarning qisqartirilgan ro‘yxati bo‘yicha va ushbu ruxsatnomani olish uchun kvotalarni hisobga olmasdan berilgan ruxsatnoma asosida ish topishi mumkin. Shuningdek, ish beruvchilar va buyurtmachilar chet ellik talabalarni jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lish majburiyatidan ozod qilingan.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 180 kundan keyin kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан